Sarlavhalar

HTMLda sarlavhalar <h1> dan <h6> gacha bo’lgan teglar bilan belgilanadi.

 <h1> bu eng katta sarlavha, <h6> esa eng kichigi hisoblanadi.

Namuna

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1>1-sarlavha</h1> 
<h2>2-sarlavha</h2>
<h3>3-sarlavha</h3>
<h4>4-sarlavha</h4>
<h5>5-sarlavha</h5>
<h6>6-sarlavha</h6>
  
</body>
</html> 

Natija

1-sarlavha

2-sarlavha

3-sarlavha

4-sarlavha

5-sarlavha
6-sarlavha

 

Eslatma: Brauzer avtomatik ravishda sarlavhadan oldin va keyin bo’sh joy qoldirib ketadi.

Sarlavhalar muhimdir

Qidiruv tizimlari veb-sahifalarni tarkibini indekslash uchun sarlavhalardan foydalanadi.

Foydalanuvchilar ko’pincha web saytni sarlavhalari bo’yicha ko’z yugurtirib o’tishadi. Hujjat tuzilishini ko’rsatish uchun sarlavhalardan foydalanish muhimdir.

Eslatma: HTML sarlavhalarini faqat sarlavhalar uchun ishlating, matnni qalin yoki katta qilish uchun ishlatmang.

Kattaroq sarlavhalar

Har bir HTML sarlavhasining standart kattaligi mavjud. Ya'ni  har bir sarlavhaning o'zini stili bor.

Siz style atributi yordamida CSS ning font-size hususiyatini ishlatgan holda uni o’zgartirishingiz mumkin.

Namuna

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1 style="font-size:60px;">1-sarlavha</h1>
  
</body>
</html> 

Natija

1-sarlavha