Muharrirlar
Editor bu - tahrirlovchi hisoblanadi.
Editor dasturiy ta'minot bo'lib u Html kodlarni yozish va chiroyli qilib ko'rsatish uchun kerak. Shuning bilan chiroyli ko'rsatilgan kodlarni o'qib tushunish dasturchi uchun oson. HTML tahrirlovchi dasturlar dasturchi mutaxassislarning eng asosiy ish qurolidir. HTML tahrirlovchi sifatida eng oddiy dasturlardan foydalanish mumkinligi dasturchilarga ancha katta qulaylikdir.
HTML ni Notepad yoki TextEdit yordamida o'rganamiz
Web sahifalarni yaratish uchun boshqa ko'p funksiyali murakkab tahrirlovchilardan foydalanish mumkin.
Ammo, o'rganish maqsadida oddiyroq Notepad (Windows) va TextEdit (Mac) kabi tahrirlovchilardan foydalanish mumkin.
HTML editorlari judayam ko'p. Hatta online editorlar ham mavjud. O'zingiz Google amakidan so'rab ko'ring.
Quyidagi qadamma-qadam yo'riqnomadan foydalangan holda o'zinginzning birinchi web sahifangizni yarating.
1-qadam: Notepad(Windows) dasturini ishga tushiring
Windows operatsion sistemasida:
Start oynasini oching (ekrandagi chap pastki burchakdagi Windows ikonkasi) va qidiruvga Notepad so'zini yozish va Notepad dasturini ishga tushiring.
1-qadam: TextEdit(Mac) dasturini ishga tushiring
MacOS operatsion sistemasida:
Finder > Applications > TextEdit manzilda joylashgan TextEdit dasturini ishga tushiring.
Fayllarni to'g'ri formatda saqlashi uchun dasturning ba'zi sozlamalarini o'zgartiramiz.
Ekrandagi yuqorida chap burchakdagi TextEdit > Preferences ni tanlang va bo'limlardan Format ni tanlang, so'ng "Plain Text" ni tanlang.
So'ngra "Open and Save" bo'limidan "Display HTML files as HTML code instead of formatted text" chekboksni yoqib qo'ying.
2-qadam: HTML kod yozamiz
Quyidagini yozing yoki ko'chirib oling.
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<title>Web Sahifa Sarlavhasi</title>
</head>
<body>
<h1>Birinchi o'lchamdagi sarlavha</h1>
<p>Paragraf.</p>
</body>
</html>
3-qadam: HTML sahifani saqlaymiz
Yozilgan HTML kodni (dastur yoki programmani dastruchilar kod deyishadi).
Notepad menyusidan File > Save as ni tanlang.
Faylga "index.htm" deb nom bering va UTF-8 enkodingni (HTML hujjatlar uchun tavsiya etiladigan enkoding formati) tanlab saqlang.
ESLATMA: Faylning kengaytmasini .html yoki .htm deb saqlash mumkin, ular orasida farq yo'q, istalganini tanlashingiz mumkin.
4-qadam: HTML sahifani brauzerda ochamiz
Saqlangan HTML faylni uning ustiga ikki marta kursorda bosish yordamida ochamiz.
Natija quyidagicha bo'ladi:
Html editorlar juda ko'p. Ulardan xohlagini ishlatsangiz bo'lishingiz mumkin. Undan tashqari online editorlar bor va ular ham ko'pchiligi tekin.