Paragraflar
Paragraf har doim yangi qatorda boshlanadi va odatda matn bloki hisoblanadi.
HTML Paragraf
HTMLning <p> elementi paragrafni belgilaydi.
Paragraf har doim yangi qatordan boshlanadi va brauzerlar xat boshidan oldin va keyin avtomatik ravishda bo'sh joy (chegara) qo'shadi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Bu paragraph</p> <p>Bu boshqa paragraph.</p> </body> </html>
Natija
Bu paragraph
Bu boshqa paragraph.
HTML pragraf ko'rinishlari
Katta yoki kichik ekranlarda Html natija turlicha bo'lishi mumkin.
HTML bilan siz HTML kodingizga qo'shimcha ravishda bo'shliqlar yoki qo'shimcha chiziqlar qo'shib ekranga chiqara olmaysiz (qoshimcha taglar, attributlar ishlatilinishi lozim).
Sahifa paydo bo'lganda brauzer avtomatik ravishda qo'shimcha bo'shliqlar va chiziqlarni olib tashlaydi:
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p> Bu yozuvda 1-chi qator 2 - chi qator va 3- chi qator </p> <p> Bu esa ma'noga ega bo'lmagan katta teks. </p> </body> </html>
Natija
Bu yozuvda 1-chi qator 2 - chi qator va 3- chi qator
Bu esa ma'noga ega bo'lmagan katta teks.
HTML Horizontal chiziq
<hr> elementi mavzularni ajratish uchun ishlatilinadi. Ya'ni gorizantal chiziq hosil qilish uchun.
Namuna
<h1>Bu bosh sahifa</h1> <p>Qandaydir ma'nosiz teks.</p> <hr> <h2>Bu ikkinchi sahifa</h2> <p>Bu boshqa bir ma'nosiz teks.</p> <hr>
Natija
Bu bosh sahifa
Qandaydir monosiz teks.
Bu ikkinchi sahifa
Bu boshqa bir ma'nosiz teks.
HTML Line Breaks (<br>)
HTML <br> elementi qatorni to'xtatib kegingi qatorga o'tishni taminlab beradi.
<br> tagidan foydalanilganida yangi qatorga o'tish uchun yangi pragarif shart emas, matnning istalgan qismidan foydalanib, yangi qatorga o'tish mumkin.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Ushbu qator <br>paragraf va br <br>tagidan iboratdir.</p> </body> </html>
Natija
Ushbu qator
paragraf va br
tagidan iboratdir.
Sher yozishdagi muammo
Agar siz sher yozadigon bo'lsangiz quyidagi muammoga duch kelishingiz mumkin.
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p> G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat - Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik. </p> </body> </html>
Natija
G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat - Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik.
Yechim - HTML <pre> Elementi orqali
HTML <pre> elementi textlarni qaysi tartibda yozsangiz shu ko'rinishda chiqarib beradi.
Odatda <pre> elementi bo'shliqlarni ham yangi qator uchun tashlangan joyni ham saqlab qoladi.
Namuna
G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat – Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik.
Natija
G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik, Ba’zida bir nafas olgulik muddat – Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik.