Block and Inline
Block so'zini block yoki bitta qator deb tarjima qilsak bo'ladi.
Inline so'zini bitta qatorda deb tarjima qilsak bo'ladi.
Html da har qanday elementning display xususiyati bo'ladi va default holatda display xususiyatining qiymati block yoki Inline qiymatda bo'ladi. Css orqali bu qiymatlarni o'zgartirsak bo'ladi.
Display so'zini ko'rsatish deb tarjima qilsak bo'ladi.
Dehqonchasiga aytadigan bo'lsam: Html da elementlar 2ta guruhga bo'linadi Block va Inline guruhlariga.
Block Elements
Block elementlar har doim yangi qatordan chiqadi. Ya'ni block elementi bitta o'zi bitta qatorda bo'lsam deydi (zixna da). Boshqa elementlarni boshqa qatorlarga surivorib bitta o'zi bitta qatorda bo'lishga harakar qiladi.
Shu bilan bitta shu qatorda bor bo'lgan width (kenglik) ni olishga harakat qiladi.
Namuna

Salom Bu Block element

Bu xam Block element

Va bu xam

Block elementlar har bittasi alohida bitta qatorda chiqadi

Natija
Ahamiyat bering. Namunada 4ta Html elementi berilgan ular 2ta qatorga yozilgan ammo div bilan p elementi bitta qatorga yozilgan ammo natijada ular alohida qatorlarga chiqdi sababi ular ikkalasi ham block element hisoblanadi va ular yangi qatordan bitta o'zi chiqishga harakat qiladi. h4 bilan p elementida ham shu.
Natijada 4ta qatorda yozuv chiqdi 4ta element ham block element va ularni har biri yangi qatordan joy olishga harakat qiladi va bitta qatorda bitta o'zi chiqadi.
Block elementi bor bo'lgan width (kenglikni) olishga harakat qiladi.
Namuna

Salom dunyo

DIV elementi blok elementi bo'lib, u har doim yangi satrda boshlanib, mavjud bo'lgan to'liq kenglikni oladi (imkon qadar chapga va o'ngga cho'ziladi).

Natija
Salom dunyo
DIV elementi blok elementi bo'lib, u har doim yangi satrda boshlanib, mavjud bo'lgan to'liq kenglikni oladi (imkon qadar chapga va o'ngga cho'ziladi).
Div elementiga chegara yozildi (kenligini ko'rish uchun) va u to'liq qatorni egallab oldi.
Block elementlar ro'yxati.

, <canvas> ,

, <fieldset> ,

Inline Element
Inline ementlar yangi qatordan boshlab chiqishga harakat qilmaydi. Bitta o'zim bo'lay demaydi (pass beradi) (jmot emas.)
Inline elementi o'ziga kerakli bo'lgan width (kenglik) ni olishga harakat qiladi.
Bir qatorda bir nechta inline elementlar bo'lishi mumkin.
Namuna
Salom dunyo 1 Qalaysizlar Jallimi
Namuna
Salom dunyo 1 Qalaysizlar Jallimi
Span elementi inline elementi hisoblanadi.
Namunada 3ta inline lement berilgan. Ahamiyat bering ular barchasi bitta qatorga chiqdi. Inline element o'ziga kerakli width (kenglik) ni olsa bo'ldi qolgani bilan ishi yo'q.
Shu sababdan bitta qatorda bir nechta inline element chiqarsak bo'ladi.
Eslatma. Inline lementni ichida block element yozish mumkin emas. Masalan span elementini ichida div elementni yozish yaxshi emas.
Inline elementlar ro'yxati.
,  , <acronym>,  , <bdo>, ,
, , , , <dfn>, , , , , <kbd>, , <map>, <object>, <output>,  , <samp>, <script>, <select> , , , , , , <textarea>, <time>, <tt>, <var>,

Elementi
Html da div elementi juda ko'p ishlatiladigan elementlardan biri. Asosan blocklarni yoki boshqa bir elementlarni ushlab turish uchun ishlatiladi.
div elementi block elementi. Ammo uni display xususiyati orqali uni inline lementga o'zgartirsak bo'ladi. Bu haqida Css darslarda to'liq tushintiriladi.
div elementiga namuna

Block Nomi

Shu blockdagi qandaydir tekslar

Bu boshqa bir teks

Natija
Block Nomi
Shu blockdagi qandaydir tekslar
Bu boshqa bir teks
Elementi
span elementi inline elementi va u o'ziga kerakli width (kenglik) ni oladi xolos.
span elementi tekslar bir qismini ajratib ko'rsatish uchun ishlatiladi. Undan tashqari Css bilan span elementi birgalikda ishlatish xolatlari ko'p.
Namuna

Qandaydir teksKo'k rangda va uning davomi yashil rangda.

Natija
Qandaydir teks Ko'k rangda va uning davomi yashil rangda.
Mavzu yakuni bo'yicha
- Elementlar ikkita turga bo'linadi: Block va Inline
- Blok elementlar element har doim yangi qatordan boshlanadi va mavjud bo'lgan to'liq kenglikni oladi.
- Inline elementlar yangi satrda boshlanmaydi va u o'ziga kerakli kenglikni oladi.

elementi ko'pincha boshqa HTML elementlari uchun idish sifatida ishlatiladi. Ya'ni ularni ushlab turish uchun ishlatiladi. Konteyner ga o'xshab.
-  elementi teks yoki hujjatning bir qismini belgilash uchun ishlatiladigan kichkina konteyner.