HTML <picture> elementi bizga turli xil qurilmalar yoki ekran o'lchamlari uchun turli xil rasmlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi.
HTML <picture> elementi
HTML <picture> elementi veb-saxifalarni yaratish jarayonida rasm manbalarini ko'rsatishda ko'proq moslashuvchanlikni beradi.
<picture> elementida bir nechta <source> elementi mavjud. Har bitta <source> elementida alohida rasmlarga ko'rsatgich bo'lib turadi. Agar birinchi turgan <source> elementidagi rasmni brause qo'llab quvvatlamasa keyingi <source> elementidagi rasmni ko'rsatishga harakat qiladi va xokozo.
Har bir <source> elementida mediya atributi mavjud, va unda qachon rasm eng mos kelishi ko'rsatiladi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <h1> source namuna </h1> <picture> <source media="(min-width: 650px)" srcset="https://picsum.photos/id/1059/200/300"> <source media="(min-width: 465px)" srcset="https://picsum.photos/id/1061/200/300"> <img src="https://picsum.photos/id/1063/200/300"> </picture> </body> </html>
Namunada
- Ekranni razmeri 650 dan katta bo'lganlar uchun 1-chi rasm ko'rinadi. (min-width: 650px)
- Ekranni razmeri 465 dan katta bo'lganlar uchun 2-chi rasm ko'rinadi. (min-width: 465px)
- Ekranni razmeri 465 dan kichik bo'lganlar uchun 3-chi rasm ko'rinadi
Eslatma: Har doim <img> elementini <source> elementlaridan keyin qo'ying. <source> teglarining hech biri mos kelmasa <img> elementi ishlatiladi. Ya'ni agar <source> elementidagi yozilgan holatlar yoki rasmlar brauser tomonidan qo'llab quvvatlanmasa img da yozilgan rasm ko'rsatiladi.
Picture elementida foydalanish
<picture> elementidan foydalanishning ikkita asosiy maqsad mavjud.
- Bandwidth (kengligi, yani moslashuvchan)
Agar sizda kichkina ekran yoki qurilma bo'lsa, katta hajmdagi rasmni yuklash shart emas.
Brauzerga mos keladigan atribut qiymatlariga ega birinchi <source> elementidan foydalanadi va qolgan elementlarning hech biriga e'tibor bermaydi. - Format Support (to'g'ri keladigan format)
Ba'zi brauzerlar yoki qurilmalar barcha rasm formatlarini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin.
<picture> elementidan foydalanib, siz barcha formatdagi rasmlarni qo'shishingiz mumkin va brauzer tanigan birinchi formatdan foydalanadi va qolgan elementlarning hech biriga e'tibor bermaydi.
Eslatma: Brauzer mos keladigan atribut qiymatlariga ega bo'lgan birinchi <source> elementidan foydalanadi va kegingi <source> elementlariga e'tibor bermaydi.