Code
Ba'zan komputer kodlarini html da ko'rsatishimiz kerak bo'ladi. Agar oddiy holda yozadigan bo'lsak ular tushinarsiz holda chiqadi.
Komputer kodlarini ajratib ko'rsatish uchun Html da birnechta taglar mavjud.
Namuna
x = 5;
y = 6;
z = x + y;
HTML <kbd>
<kbd> elementi klaviatura orqali kiritilishi kerak bo'lgan belgilarni (qisqartmalar) ko'rsatish uchun ishlatiladi. kdb so'zi keyboard so'zidan olingan bo'lib klaviatura degan ma'noni anglatadi.
<kdb> elemntida so'zlar monospace shiriftida ko'rsatiladi.
Namuna. Matndagi ba'zi bir so'zlarni klaviatura orqali kiritilishi kerak degan manoda ajratib ko'rsatamiz.

documentni saqlash uchun ushbu tugmalarni <kbd>Ctrl + S</kbd> bosing
Natija
documentni saqlash uchun ushbu tugmalarni Ctrl + S bosing
Bunda belgilangan so'zlar ajratilib ko'rsatilgan va shirifti ham boshqa shirifda ko'rsatildi.
Html <samp>
<samp> elementi komputer dasturlarini natijalarini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Natijda monospace shiriftida ko'rsatiladi.
Namuna

Dastur natijasi:

<samp>Berilgan resurs topilmadi.
davom etish uchun bilganingni qil :)</samp>

HTML
elementi komputer kodlarini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Natija brauserning default monospace shiriftida chiqadi.
Natija
x = 5; y = 6; z = x + y;
Natija
x = 5; y = 6; z = x + y;
Html

elementida kiritilgan bosh joylar va keyingi qator ishoralari inobatga olinadi.
Tepadagi namunada komputer kodlarini ko'rsatgan edik. E'tibor bergan bo'lsangiz  elementi qo'shimcha bo'sh joy va keyingi qator ga o'tish ishoralarini qabul qilmaydi va barcha teksni bitta qatorda ko'rsatadi.
Buni tuzatish uchun  elementini
elementi ichiga qo'yishingiz lozim.
Namuna

x = 5; y = 6; z = x + y;

Natija
x = 5;
y = 6;
z = x + y;
HTML <var>
<var> o'zgaruvchilarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Asosan dasturlashda yoki matematik ifodada o'zgaruvchini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Ichidagi teks odatda kursiv bilan ko'rsatiladi.
Namuna

uchburchakning maydoni: 1/2 x <var>b</var> x <var>h</var>. Bunda asosi <var> b</var> va <var>h</var> vertical balandlik.

Natija
uchburchakning maydoni: 1/2 x b x h. Bunda asosi b va h vertical balandlik.
Mavzu yakuni bo'yicha
- <kbd> elementi klaviatura orqali kiritilishi qisqartmalar uchun ishlatiladi.
- <samp> elementi kompyuter dasturi natijalarini ko'rsatish uchun ishlatiladi.
-  elementi kompyuter kodi ni ko'rsatish uchun ishlatiladi,
- <var> elementi dasturlashda yoki matematik ifodada o'zgaruvchini ko'ratish uchun ishlatiladi.

elementi oldindan formatlangan matnni aniqlash uchun ishlatiladi. Bunda bosh joy va keyingi qator belgilari inobatga olinadi