Lists
List so'zi ro'yxat deb tarjima qilsak bo'ladi. Bu darsda Html da ro'yxatlar haqida gaplashamiz. Darslar davomida listlar deb ishlatib ketamiz.
HTML ro'yxatlar bir biriga aloqador bo'lgan ma'lumotlarni guruxlash uchun ishlatiladi.
Namuna
- Coffee
- Tea
- Milk
- Coffee
- Tea
- Milk
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h1>Html List lar</h1>
<h2>Tartiblanmagan ro'yxat</h2><ul>
<li>Coffee</li>
<li>Tea</li>
<li>Milk</li>
</ul><h2>Tartiblangan ro'yxat</h2>
<ol>
<li>Coffee</li>
<li>Tea</li>
<li>Milk</li>
</ol></body>
</html>
List Turlari
Html da listlar (ro'yxatlar) 2ta turga bo'linadi.
- Unordered List (tartiblanmagan ro'yxat) - <ul> tartiblanmagan ro'yxat elementi.
- Ordered List (tartiblangan ro'yxat) - <ol> tartiblangan ro'yxat elementi.
<li>
Xohlagan ro'yxatni malumotini ko'rsatish uchun <li> elementidan foydalanamiz.
<li> elementi List Item so'zidan olingan bo'lib ro'yxat elementi deb tarjima qilsa bo'ladi. Ro'yxatning har bir elementi <li> tagidan boshlanadi. Ya'ni ro'yxatda ko'rsatmoqchi bo'lgan malumotlar <li> tagi da bo'lishi kerak.
Unordered List
HTML da <ul> tegi tartibga solinmagan (sanalmagan) ro'yxatni ko'rsatish uchun ishlatiladi.
Ro'yxatning har bir elementi <li> tegidan boshlanadi.
Namuna
<ul> <li>Coffee</li> <li>Tea</li> <li>Milk</li> </ul>
Natija
- Coffee
- Tea
- Milk
Namunada tartiblanmagan ro'yxat ko'rsatilgan. Unda 3ta element bor (Coffe,Tea,Milk) va ularning barchasi <li> element ichida. Natijada 3ta <li> elementi yozilgan.
Namunada ro'yxat elementlari o'qlar bilan belgilanadi (kichik qora doiralar). Bu ro'yxat elementlari markeri turini o'zgartirish mumkin.
List element markerini o'zgartirish
Ro'yxat elementlari markerini CSS ning list-style-type xususiyati orqali o'zgartirish mumkin. U quyidagi qiymatlardan biriga ega bo'lishi mumkin.
disc | Ro‘yxat elementlarini kichik qora doiralar bilan belgilanadi. Bu default holat qiymati dir. |
circle | Ro'yxat elementlarini aylana bilan belgilaydi. |
square | Ro‘yxat elementlarini to'rt burchak bilan belgilaydi. |
none | Ro'yxat elementlarida hech qanday belgilanish bo'lmaydi. |
Namuna
<ul style="list-style-type:disc;"> <li>Coffee</li> <li>Tea</li> <li>Milk</li> </ul> <ul style="list-style-type:circle;"> <li>Coffee</li> <li>Tea</li> <li>Milk</li> </ul> <ul style="list-style-type:square;"> <li>Coffee</li> <li>Tea</li> <li>Milk</li> </ul> <ul style="list-style-type:none;"> <li>Coffee</li> <li>Tea</li> <li>Milk</li> </ul>
Ordered List
Ordered List so'zini saralangan yoki tartiblangan ro'yxat deb tarjima qilsak bo'ladi.
HTML <ol> tegi saralangan ro'yxatlar uchun ishlatiladi. Saralangan ro'yxat raqamli yoki alifbo tartibida bo'lishi mumkin.
Ro'yxatning har bir elementi <li> tegidan boshlanadi.
Namuna
<ol> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> <li>Kampo't</li> <li>Gazli suv</li> </ol>
Natija
- Coffee
- Choy
- Sut
- Kampo't
- Gazli suv
Tartiblangan List markerini o'zgartirish
Tartiblangan ro'yxat elementlarini markerini o'zgartirish chun <ol> tagining type atributidan foydalaning.
type atributi quyidagi qiymatlarni qabul qiladi.
Turi | Tarif |
type="1" | Ro'yxatdagi elementlar raqamlar bilan belgilanadi (markerlanadi). Bu default qiymatr dir. |
type="A" | Ro'yxat katta harflar bilan markerlanadi. |
type="a" | Ro'yxat kichik harflar bilan belgilanadi |
type="I" | Ro'yxat katta RIM raqamlari bilan belgilandi |
type="i" | Ro'yxat kichik RIM raqamlari bilan belgilandi |
Namuna
<ol type="1"> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> </ol> <ol type="A"> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> </ol> <ol type="a"> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> </ol> <ol type="I"> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> </ol> <ol type="i"> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> </ol>
Ro'yxat tartibini o'zgartirish
Odatda tartiblangan ro'yxat 1dan boshlab hisoblashni boshlaydi . Agar siz boshlang'ich raqamni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz start atributidan foydalaning.
Bunda start atributiga ro'yxat nechi sondan boshlanishi kerak ekanligni yozing.
Namuna
<ol start="25"> <li>Coffee</li> <li>Choy</li> <li>Sut</li> </ol>
Natija
- Coffee
- Choy
- Sut
Nested HTML Lists
Nested so'zi ichki deb tarjima qilsak bo'ladi.
Nested List so'zi ichma ich joylashgan ro'yxat deb tushinib olsak bo'ladi. Ya'ni list (ro'yxat) ichidagi list (ro'yxat).
Namuna
<ul> <li>Coffee</li> <li>Choy <ul> <li>Qora choy</li> <li>Ko'k choy</li> </ul> </li> <li>Sut</li> <li> Kampo't <ul> <li>Olam Kampo'ti</li> <li>Shaftoli kampo'ti</li> <li>O'rik kampo'ti</li> </ul> </li> <li>Gazli suv</li> </ul>
Eslatma ichma ish listlarda xohlagan turdagi listlarni ishlatish mumkin.
Masalan namunada tartiblanmagan <ul> ro'yxat ichida boshqa bir tartiblanmagan <ul> ro'yxat ishlatildi.
Ammo siz o'zingiz tartiblanmagan <ul> ro'yxat ichida boshqa bir tartiblangan <ol> ro'yxat ni yozib natijasini ko'rishingiz mumkin.
Namuna aralash ichma ich ro'yxat.
<ol type="1"> <li>Coffee</li> <li>Choy <ul> <li>Qora choy</li> <li>Ko'k choy</li> <li>Limo'n choy</li> <li>Kipitoq</li> </ul> </li> <li>Sut</li> <li> Kampo't <ol type="i"> <li>Olam Kampo'ti</li> <li>Shaftoli kampo'ti</li> <li>O'rik kampo'ti</li> </ol> </li> <li>Gazli suv</li> </ol>
Natija
- Coffee
- Choy
- Qora choy
- Ko'k choy
- Limo'n choy
- Kipitoq
- Sut
- Kampo't
- Olam Kampo'ti
- Shaftoli kampo'ti
- O'rik kampo'ti
- Gazli suv
HTML List Taglari
Tag | Tarif |
<ul> | Tartiblanmagan listni ifodalaydi. |
<ol> | Tartiblangan listni ifodalaydi. |
<li> | Listning qiymatini ifodalaydi (ro'yxat elementlarini ifodalaydi). |