Elementlar

HTML elementlari biror tagning ochilishi bilan boshlanadi , undan so'ng qiymat kiritiladi va tagning yopilishi bilan yakunlanadi.

 <TagNomi>  yozilishi kerak bo'lgan qiymat  </TagNomi> 

Boshlang’ich tegdan yopish tegigacha bo’lgan barcha narsa element deyiladi. Keling buni misollar orqali ko'rib chiqamiz:

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
 
<h1> Mening birinchi sarlavham</h1>
<p> Mening birinchi paragrifim. </p>  
  
</body>
</html> 

Natija

Mening birinchi sarlavham

Mening birinchi paragrafim.

Boshlang’ich teg     Tarkibi     Yopish tegi
<h1>     Mening birinchi sarlavham     </h1>
<p>     Mening birinchi paragrafim     </p>
<br>     Mavjud emas     Mavjud emas

Eslatma !!! : Ba’zi HTML elementlarning tarkibi bo’lmaydi (<br> elementiga o’xshab).

Bu elementlar bo’sh elementlar deb ataladi. Bo’sh elementlarda yopish tegi bo’lmaydi.

Ichki HTML elementlari.

HTML elementlari boshqa elementlarni ham o’z ichiga olishi mumkin.

Misol tarzida quyidagi kodni ko'rib chiqadigan bo'lsak.

Quyidagi misolda 4ta HTML elementlari bor (<html>, <body>, <h1> va <p>).


<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
  
<h1> Mening birinchi sarlavham</h1>
<p> Mening birinchi paragrafim. </p>  
  
</body>
</html> 

Natija

Mening birinchi sarlavham

Mening birinchi paragrafim.

 

Izoh. Yuqorida keltirilgan misollardan shuni ko'rishimiz mumkinki,  <body>  elementi hujjat tanasini belgilaydi.

U  <body>  boshlang'ich tagi bilan boshlanib,  tugatish tegi  </body>  bilan yakunlanadi.

O'tgan darslarimizda aytib o'tganimiz kabi, sahifadagi barcha ko'rinuvchi narsalar (elementlar ularning qiymatlari h.k) bodyning ichiga yoziladi.

Keyin,  <body>  elementi ichida yana ikkita element mavjud:  <h1>   va  <p>  .

<h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
<p>Mening birinchi paragrafim.</p>

<h1> element sarlavhani belgilaydi. Unda <h1> boshlang'ich tagi va tugatish tegi </h1> mavjud.

<p> elementi paragrafni belgilaydi. Unda boshlang’ich teg <p> va yopish tegi mavjud </p>.

 

Hech qachon yopish tegini qoldirib ketmang.

Agar siz yopish tegini qoldirib ketsangiz ham, ba’zi bir HTML elementlari ishlaydi lekin boshqalari birmuncha xatoliklarga olib kelishi mumkin.

Namuna

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
  
<h1> Mening birinchi sarlavham
<p> Mening birinchi paragrafim.</p>
  
</body>
</html> 

Agar tugatish tegini unutib qo’ysangiz, kutilmagan natijalar va xatolar bo’lishi mumkin. Keyin o'tirasiz nimaga bunaqa ishlayapdi deb.

 

Bo’sh HTML elementlari.

Hech qanday tarkibsiz bo’lgan HTML elementlari bo’sh elementlar deb ataladi. 

<br> tegi satr oxirini belgilaydi. Ya'ni biz biror tag orqali matn yozsak va biz pastki qotordan yozishni davom ettiromoqchi bo'lganimizda shunchaki "enter" tugmasi bizga yordam bera olmaydi va  <br>  dan foydalanamiz.

<br> bu yopish tegisiz bo’sh element hisoblanadi.


<p> Assalomu aleykum! <br> spaces.uz saytiga xush kelibsiz!</p>

Natija

Assalomu aleykum!
spaces.uz saytiga xush kelibsiz!

 

Katta-kichik harfni farqlash.

HTML katta - kichik  harflarni farqiga boradi.

Ya'ni biz biror tagni kichik emas balki katta harflarda yozib qo'yadigan bo'lsak  HTML buni tushunmaydi va hech qanday natijani chiqarmasligi mumkin.

HTML  taglaridan foydalanayotganingizda doimo kichik harflardan foydalaning!

Ya'ni <P> va <p> bir biriga teng emas umuman ikki xil tushuncha bo'lib html dastlabki katta harflarda yozilgan <P> tagni tushunmaydi.