HTMLda JavaScriptni qo'llash

 

JavaScript HTML sahifalarini yanada dinamik va interaktiv qiladi.

HTML <script> 

Html da javaScript kodlarini  <script> teglari orasiga yoziladi.

<script> tagi  ichida javaScript kodlar yozilishi mumkin yoki  <script> tagi boshqa bir javaScript file ni ko'rsatib turishi mumkin.

JavaScript orqali elementni tanlash uchun  document.getElementById()   metodini ishlatiladi.

Namuna

<script>
	document.getElementById("demo").innerHTML = "Salom JavaScript!";
</script>

Namunada  id  si  demo  bo'lgan elmentning  kontenni  (ichidagi yozuvi)  Salom JavaScriptga  o'zgartirilyapdi.

 

JavaScript haqida  JavaScript darslarimizda to'liq o'rganishingiz mumkin.

JavaScript yordamida Html elementlarini bilan har qil manipulyatsiyalarni qilsak bo'ladi.

Masalan html elementni kontentini o'zgartirish yoki elementga stillar berish yoki element atributlarini qiymatlarini o'zgartirish va h.k. 

Tepadagi namunada elementni id orqali topib uni kontentini o'zgartirgan edik.

Quyidagi namunada shuni davom etib elementning stillarini o'zgartiramiz.

Namuna

document.getElementById("demo").style.fontSize = "25px";
document.getElementById("demo").style.color = "red";
document.getElementById("demo").style.backgroundColor = "yellow";

Namunada elementni id bo'yicha topib ubu  stillarini o'zgartirildi. Elementning idsi  demo .

 

JavaScript orqali atributni qiymatini o'zgartirish.

Namuna

document.getElementById("image").src = "https://picsum.photos/id/1015/200/300";

Namunada  img  elementni  id  bo'yicha topildi va uni  src   atributining qiymati o'zgartirildi.  Ahamiyat bering boshlang'ich holatda src ning qiymati yo'q edi uni javaScript orqali o'zgartirdik.

Html <noscript> tag

Ba'zida brauserlar javaScriptni qo'llab quvvatlamaydi (paddejka qilmaydi) yoki foydalanuvchi  brauserdan javaScript ni o'chirib qo'ygan bo'lishi mumkin.

Shunday paytda foydalanuvchi javaScript ishlatilgan web saytga kirsa unda javaScript kodlari ishlamaydi va sayt xato ishlashi mumkin. Shu paytda   foydalanuvchiga xabar berib uni ogohlantirish mumkin.

Brauserda javaScript qo'llab quvvatlamasa <noscript> tagida   yozilgan  yozuv ko'rsatiladi.

Namuna

<noscript>Sorry, your browser does not support JavaScript!</noscript>

HTML Script Taglari

Tag     Tarif
<script>     javascript kodlari yoziladi yoki boshqa bir javaScript faylga ko'rsatiladi
<noscript>  Ushbu script esa javascriptni qo'llab quvatlamaydigan brovserlarga ogohlantirish yoki biror ma'lumot chiqarish uchun foydalaniladi.