Meta

HTMLda   <head>    elementi quyidagi elementlarni o'z ichiga  oladi (kontayner sifatida o'zi ichida ushlab turadi) :  <title> , <style> , <meta> , <link> , <script> , va  <base> .Barcha elementlar haqida to'liq.

HTML <head> 

 <head>  elementi   metadata ma'lumotlar kontayneri hisoblanadi  va u   <head>   va  <body>   taglari orasida yoziladi.  

Metadata bu  saytda ko'rinmaydigan ma'lumotlar dir.

Metadata odatda  html xujjatni nomi,  belgilar to'plami, stillar (css), scriptlar (javaScript kodlar) va boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni o'z ichida saqlaydi.

Namuna

<!DOCTYPE html>
<html>
  <head>
    <meta charset="utf-8">
    <title>Veb saytning nomi</title>
  </head>
<body>
  <p>head  tagiga namuna</p>
</body>
</html>

HTML <title>

 <title>  elementi html xujjatning nomini ko'rsatadi. Ya'ni  veb sayt nomini ko'rsatadi.

Bunda  veb sayt nomi  matn bo'lishi kerak va u brauzerning sarlavha satrida yoki sahifaning yorlig'ida ko'rsatiladi.

Html xujjatda  <title>  tagini yozish talab etiladi (yozish kerak). 

Veb saytning nomi  qidirish algoritmini optimallashtirish  (SEO)  uchun juda muhimdir. 

Veb saxifaning nomi  qidiruv tizim algoritmlari  qidiruv natijalarini   ro'yxat  tartibini tuzayotganda ishlatiladi. 

Hamda sizning sahifangiz ko'proq inson topa olish imkoniyatini oshiradi.

  <title>  elementi :

  • brauzer panelidagi  veb saytni nomini ko'rsatadi.
  • brauzerda tanlanganlarga qo'shilganda sahifaning sarlavhasini ko'rsatadi.
  • qidiruv tizimidagi natijalardagi web saytning nomini ko'rsatadi.

Shunday qilib, veb  saxifaning  sarlavhani iloji boricha aniq va mazmunli qilishga harakat qiling!

Namuna

 <!DOCTYPE html>
<html>
  <head>
    <title>Veb saytning nomi</title>
  </head>
<body>
 Qolgan kontentlar ...
</body>
</html>

Natijada 

Ushbu kodeni o'zingizning kode editoringiz orqali sinab ko'ring. Sababi hozirda biz  sayt editoridagi natijani ko'rmoqchi bo'lsak bizning sayt nomi chiqadi.

 

 HTML <style>

 <style>  ushbu element  bitta sahifaga stillar yozish uchun ishlatiladi. Ya'ni  html xujjati ichida yozilgan css kodlar shu tag ichida yoziladi.

Namuna

<style>
    body {background-color: powderblue;}
    h1 {color: red;}
    p {color: blue;}
</style>

HTML <link>  

 <link>  elementi  joriy hujjat va tashqi resurs o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi. Ya'ni hozirgi  Html xujjatga boshqa resurslarni bog'lash mumkin.

 <link>  elementi ko'pincha tashqi style (CSS)  fayllarini bog'lash uchun ishlatiladi.

Namuna

<!DOCTYPE html>
<html>
  <head>
    <title>Veb saytning nomi</title>
    <link rel="stylesheet" href="mystyle.css">
  </head>
<body>
  	<p> mystyle.css da css stillar yoziladi.</p>
  	<p> mystyle.css tashqi resurs sifatida qo'shilgan.</p>
</body>
</html>

 

Css haqida ko'proq ma'lumotni bizning css bo'limimizdan o'rganishingiz mumkin !!!

 

HTML <meta>

Odatda   <meta>   elementi belgilar to'plamini (character set), sahifa tarifi (page description), kalit so'zlar (keywords), hujjat muallifini (author of the document) va ko'rish parametrlarini (viewport settings) yozish uchun ishlatiladi.

Meta-ma'lumotlar sahifada ko'rsatilmaydi, ammo  ular brauzerlar , qidirish mexanizmlari (kalit so'zlar) va boshqa veb-xizmatlar tomonidan foydalaniladi.

Misollar

Qanday belgilardan foydalanishni belgilash

<meta charset="UTF-8">

Qidiruv tizimlar uchun kalit so'zlarni belgilash

<meta name="keywords" content="HTML, CSS, JavaScript">

Sahifa haqida malumot kiritish uchun

<meta name="description" content="Free Web tutorials">

Sahifa muallifini kiritish uchun

<meta name="author" content="John Doe">

Hujjatni har 30 soniyada yangilash

<meta https-equiv="refresh" content="30"> 

Veb-saytingiz barcha qurilmalarda yaxshi ko'rinishi uchun ko'rinish oynasini sozlash

<meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0">

​<meta> tagiga misollar

<head>
    <meta charset="UTF-8">
    <meta name="description" content="Tekin darslarga marxamat">
    <meta name="keywords" content="HTML, CSS, JavaScript, Java">
    <meta name="author" content="Aliev Alisher">
</head>

 

HTML <script> 

  <script>  elementi  html xujjatda javaScript kodlarni yozish yoki  javaScript fayllarini qo'shish uchun ishlatiladi.

Quyidagi namunada  javaScript yordaminda  id  si  demo  ga teng bo'lgan elementni kontentiga  Salom JavaScript  deb yozib qo'yamiz.

Namuna

<script>
	function boshlash() {
  		document.getElementById("demo").innerHTML = "Hello JavaScript!";
	}
</script>

JavaScript haqida JavaScript darslarimizda to'liqroq malumot olishingiz mumkin.

 

HTML <base> 

 <base>  elementi sahifadagi barcha nisbiy URL manzillar uchun asosiy  yoki quyidagi URL ni  ko'rsatib beradi.

 <base>  tegida  href  yoki  target  atributi bo'lishi kerak. Ikkalasi  bir vaqtni o'zida  bo'lishi ham mumkin.

Bitta html xujjatda bitta  <base>  elementi bo'lishi mumkin.

Namuna

<head>
    <base href="https://www.dasturlash.uz/" target="_blank">
</head>

HTML head Elementlari

Tag     Description
<head>  Hujjat to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rsatadi.
<title> Hujjat nomini ko'rsatadi.
<base>  Sahifadagi barcha havolalar uchun boshlang'ich manzil ko'rsatadi.
<link>    Hujjat va tashqi resursni bog'lovchi  link.
<meta>   HTML hujjat haqida metama'lumotlarni belgilaydi
<script>  JavaScript  kodlarni yozish yoki  javaScript fayllarini qo'shish uchun ishlatiladi
<style> Css stillarni yozish yoki tashqi css fayllarni qo'shish uchun ishlatiladi.