Iframe
HTML iframe veb-sahifada boshqa bir veb-sahifani ko'rsatish uchun ishlatiladi ( qaysidir hajmda kichiklashgan holda ko'rish imkonyatingiz mumkin bo'ladi).
HTML Iframe Syntaksis
HTML <iframe> bamisoli bitta ramka yaratadi va shu ramkaga boshqa bir web saytni qo'yib ko'rsatish mumkin.
Sinstaksis
<iframe src="url" title="description">
Bu yerda
- url ramkada ko'rsatmoqchi bo'lingan web saytining url dir.
- title da shu ramkaning tarifi yoziladi. title ni yozish majburiy emas. title asosan ekranni o'qidigan dasturchilar uchun kerak bo'ladi.
Iframe - Height va Width qo'yish
Height bu balandligi. Width bu kengligi.
Iframe ni balandligi va kengligini belgilab yozish mumkin. Buning uchun height va width atributidan foydalaning. Height va Width qiymatlari odattagidak px da yoziladi.
Namuna
<iframe src="https://daryo.uz/" height="400" width="350" title="Iframe Example"></iframe>
Namunada bitta ramka yaratildi va unda daryo.uz sayti bog'landi (rozi bo'lishsin) va ramkani balandligi (height) 400px va kengligi (width) 350px qilib belgilandi.
Height va width ni biz style atributi orqali ham yozish mumkin.
<iframe src="https://daryo.uz/" style="height:400px ;width:350px;" title="Iframe Example"></iframe>
Iframe border
Border bu chegarani anglatadi. Iframe ni chegarasini xohlagancha o'zgartirsak bo'ladi.
Chegarani olib tashlash
Namuna
<iframe src="https://daryo.uz/" style="border:none" title="Namuna"></iframe>
Chegarani o'zgartirish
O'zimiz xoxlagan ifreame chegarasiga stillar yozish mumkin.
Namuna
<iframe src="https://daryo.uz/" style="border:2px solid red;" height="400" width="350" title="Namuna"></iframe>
Iframe ba boshqa html xujjat
Ifamre da to'liq bitta web saytni emas balkim alohida html xujjatni ham ko'rsatish mumkin.
Namuna
<iframe src="test.html" title="Namuna"></iframe>