Syntax

Har bitta dasturlash tilida kod yozish  qonun-qoidalari mavjud. Shu qonun qoidalari asosida kod yoziladi.  Css ham dasturlash tili hisoblanadi va  uning o'zini kod yozish  qoidasi mavjud.

Shu qonun koidalar qisqacha qilib sintaksis deyiladi. Demak sintaksis deyilganda kod yozish qoidalari tushiniladi. Css qoidalari to'plami selector va deklaratsiya bloklaridan iborat:6

  • Selector bu tanlanmoqchi bo'lgan html elementni bildiradi. Namunda h1 elementi tanlangan
  • Declaration bu deklaratsiya bloki bo'lib unda css xususiyatlari yoziladi. Deklaratsiya ; ishorasi bilan ajratiladi. Namunada 2ta deklaratsiya yozilgan.
  • Har Bitta Deklaratsiya css xususiyati va qiymatidan tashkil topgan.
  • Property bu xususiyat. Unda css xususiyati yoziladi. Namunada color ( rang ) va font-size (shirift o'lchami) xususiyatlari yozilgan.
  • Value bu qiymat. Unda css xususiyatiga qiymat yoziladi. color:red - deb bunda color xususiyatiga red qiymati yozilgan.
    font-size:15px - deb font-size xususiyatiga 15px qiymati yozilgan.

 

Namuna

p {
      color: blue;
      text-align: center;
      font-size: 25px;
  }

Izoh. Namunada :

  • p bu selektor va u html dagi barcha p elementlarni bildiradi.
  • color bu css rang xususoyati dir va u teksning rangini o'zgartirish uchun ishlatiladi.
  • blue bu qiymat. Ya'ni css color xususiyatiga yozilgan qiymatdir. Unda blue (ko'k) rang yozilgan.
  • text-align bu teksni joylashtirish xususiyati va center (markar,o'rtasi) bu qiymat.
  • font-size bu shirift-o'lchami xususiyati va 25px bu qiymat. (shiriftni o'lchami 25px dir degani)

 

Kelgusi darslarda Selectorlar va Css xususiyatlari haqida juda ko'p malumotlar bo'ladi. Barchasini qadamma qadam o'rganamiz. Do not be mazgi and develop your brain.