Comments

Comments degan so'zni kommentlar, izohlar deb tarjima qilsak bo'ladi.

Ma'nosi kommentlar yozilgan kodni tushintirish uchun kerak bo'ladi. Siz kod ni yoniga komment yozib bu kod nima ish qilishini tushintirib ketasiz.

Kommentlar deyarli barcha tillarda bor va ularning ma'nosi bir xil.


Kommentlar nimaga kerak ?

Kommentlar  yozilmasa ham siz yozgan kod oldin qanday ishlagan bo'lsa hozir ham shunday ishlayveradi.

Kodni ishlashiga kommentni umuman aloqasi yo'q. Kommentlar asosan bu dasturchilarga yozilgan kodni nima ish qilishini bilish uchun kerak. Ba'zan siz oldin yozgan kodni qarab tushinmasligingiz mumkin agar kommentlar bilan tushintirilgan bo'lganda edi siz kommentni o'qib tushinib olishingiz mumkin. Undan tashqari boshqa dasturchilar ham o'qib tushinib olish mumkin.

Kommentlar da yozilgan so'zlar yoki kodlar inobatga olinmaydi. Brauser ularni yo'q deb hisoblaydi.

Css da kommentlar /* ....... */ ishoralari orasiga yoziladi.

 

Namuna

/* Bu komment. Bu Bir qatorlik kommentlar uchun. */
    p {
        color: indianred;
    }

Kommentlarni xohlagan joyda yozish mumkin. Ya'ni kodni tepasida, yonida, koddan keyin.

Namuna

  p {
        color: indianred; /* Mana sizga komment dodasi*/
    }
  

HTML and CSS Comments

Html va Css da kommentlarga namuna. Html da kommentlar <!-- bir narsa birsa deb comment yozilatta shetga --> ishoralari orasiga yoziladi.

Namuna

<!DOCTYPE html>
<html>
    <head>
       <style>
            p {
                color: indianred; /* Mana sizga komment */
            }
       </style>
    </head>
    <body>
       <!-- Html da commentlar shu ishoralar orasida bo'ladi -->
       <h1> Css Comment Namuna</h1>
       <p>Bu Kommentga namuna edi</p>
       <!--Commentlar brauserda ko'rinmaydi-->
    </body>
</html>