Hosting (ingl. «web-hosting») – Internet hosting xizmatining bir turi bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o’zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.»
Keling yanada oddiylashtirib, hostingni ko’p qavatli uy deb olaylik. Demak, sayt bu ko’p qavatli uyda joylashgan bir kvartira. Bundan kelib chiqsak domen o’sha kvartiraning manzili, hosting esa shu manzilda joylashgan kvartira. Kvartirada siz uchun zarur barcha narsalar mavjud bo’lsa, hostingda saytingiz uchun zarur barcha fayllari joylashadi.
Demak, hosting tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim:
- Narxi.
- Mijozlar maslahati.
- Sifatli texnik qo’llab-quvvatlash. Albatta, texnik yordam qanchalik tez va sifatli ko’rsatilishi ko’p narsani anglatadi. Shu sabab ushbu jihatga alohida e’tibor bering..
- Qulay admin-panel. Hostingda barcha dasturiy taminot imkon qadar tushunarli va qulay bo’lishi lozim.
- Serverga tushadigan yuklanish chegarasi. Saytingizga qancha ko’p inson kirsa serverga shuncha ko’p yuklanish tushadi.
- Trafik bo’yicha chegara. Bu ham juda muhum hisoblangan jihat bo’lib, imkon qadar trafik bo’yicha chegara qo’yilmagan hosting tanlang.
- Turli chegirma va aksiyalar.
Ko'rishlar soni: 677