Sony yangi PlayStation 5 ni taqdim etdi
Sony kutilmaganda PlayStation 5 yangi versiyasini e’lon qildi — u ixchamroq. Shuningdek, u diskli va disksiz versiyalarda ham mavjud bo‘ladi, lekin ikkinchi holatda maxsus olinadigan disk qabul qilgichni ulash mumkin bo‘ladi. O‘lchamlari bo‘yicha yangilangan PS5 avvalgilariga qaraganda taxminan 30 foizga ixchamroq. Vazni esa 18-24 foizga yengilroq. Disk qurilmasiga ega model hozir 3,2 kg vaznga ega. Mahsuldorlik nuqtai nazaridan hech qanday o‘zgarishlar yo‘q. Ushbu nozik versiya avvalgisi kabi kuchli. O‘rnatilgan xotira hajmi - 1 TB.
Ko'rishlar soni: 77